"Al Nassr" ketma-ket 7 ta o'yinda g'alaba qozondi. Ronaldu ketma-ket 2 ta bahsda samarali harakat qilgani yo'q

Narzulla Saydullayev
28 apr 2024
Kecha Saudiya Arabistoni chempionati 29-turidan o'rin olgan "Al Xalij" - "Al Nassr" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda "Al Nassr" Emerik Lyaportning goli evaziga safarda g'alaba qozondi - 1:0. Bu Ar Riyod klubining barcha musobaqalardagi ketma-ket 7-g'alabasi bo'ldi. Krishtianu Ronaldu esa o'zi o'ynagan oxirgi ikkita o'yinda na gol urdi va na golli uzatmani amalga oshirdi.

Ushbu bahsda to'liq o'ynagan Krishtianu Ronaldu g'alabadan keyin tvitterda post qoldirdi:

"G'alabadan xursandman. Shunday davom etaylik yigitlar!", – deb yozadi "Al Nassr" hujumchisi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia