

Bu haqda "Foot Mercato" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni jamoasi 35 million evro taklif jo'natgan va futbolchining o'zi allaqachon transferga rozi bo'lgan.

Pedro o'tgan yilning fevral oyida "Zenit"ga kelib, 2028 yilning 31 dekabrigacha shartnoma imzolagandi.
U barcha turnirlarda 62 o'yinda ishtirok etgan. Uning hisobida 8 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.



