"Al Ittihod" "Manchester Siti" sobiq hujumchisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
29 yanv 2020, 10:16
"Manchester Siti" sobiq forvardi Vilfrid Boni faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

31 yoshli forvard Jiddaning "Al Ittihod" klubiga o'tdi. Futbolchi bunga qadar Qatarning "Al Arabi" jamoasida o'ynagan.

Ivuarlik futbolchi o'tgan yilning iyul oyidan beri jamoasiz qoldi va rasmiy o'yinlarda maydonga tushmadi.

Eslatib o'tamiz, Vilfrid 2015-2017 yillar davomida "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ittihad