"Al Ittihod" Evro-2024 kashfiyotlaridan birini sotib olishga yaqin

Оқил Абдубарноев
4 iyul 2024
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi "Renn" himoyachisi Artyur Teateni o'z safiga qo'shib olish arafasida turibdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, belgiyalik markaziy himoyachi arab klubi bilan uch mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish varianti mavjud.

Teate Belgiya terma jamoasining Evro-2024'dagi asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Bu esa himoyani mustahkamlash haqida bosh qotirayotgan "Al Ittihod" vakillarining e'tiborini tortdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano