"Al Ittihod" Benzema o'rniga Salohni olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026
Muhammad Saloh yaqinlashib kelayotgan yozda "Liverpul"ni tark etishi ehtimoli yuqori.

"Transfer News Live"ning xabar berishicha, Salohning navbatdagi manzili Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi bo'lishi mumkin.

OAV ancha vaqtdan beri Salohning Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishini bong urib kelmoqda. "Liverpul" esa amaldagi shartnoma tugashiga 1 yil qolganda, futbolchini sotib, moliyaviy foyda ko'rishi mumkin.

Muhammad Saloh "Liverpul" safida jami 425 rasmiy o'yin o'tkazib, 251 ta gol urdi va 119 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozordagi qiymatini 30 mln evroga baholamoqda. Muhammad iyun oyida 34 yoshni qarshi oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfer News Live