"Al Ittihod" 38 yoshli Benzemaga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qildi

Alisher Ostonov
11 yanv 2026
"Al Ittihod" Karim Benzemani olib qolmoqchi.

Saudiya klubi 38 yoshli francuzga 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma taklif qildi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Amaldagi kelishuv 30 iyun kuni tugaydi. Muzokaralar davom etmoqda, tomonlar kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Benzema joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira