"Al Hilol" Mitrovich bilan kelishib oldi, "Fulxem" bilan yo'q

Mirjalol Normatov
14 iyul 2023, 23:52
Hujumchi Aleksandar Mitrovich Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynashga rozi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "Fulxem" forvardi bilan "Al Hilol" og'zaki tarzda kelishib olgan. Biroq ingliz klubi o'z to'purarini 30 mln evroga sotishga rozi bo'lgani yo'q. Saudiyaliklar esa chekinmoqchi emas va yaqin vaqtlar ichida yaxshilangan ikkinchi taklifni jo'natishmoqchi.

Mitrovich o'tgan mavsum APLning 24 o'yinida 14 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano