"Al Hilol" katta transferga qo'l urdi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2021
"Vest Bromvich" vingeri Mateus Pereyra faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Angliyaning "Vest Bromvich" klubi a'zosi Mateus Pereyra "Al Hilol" a'zosiga aylandi, deya xabar berdi Saudiya Arabistoni klubi rasmiy sayti. 

Kelishuv shartlari ma'lum qilinmayapti. 

25 yoshli Pereyra o'tgan mavsumda "Vest Bromvich" yetakchilaridan biri bo'lgan edi. U 34 o'yinda 12 ta gol urib, 6 ta golga assistentlik qilishga erishgandi.

Ma'lumot uchun, "Al Hilol"ni Leonardu Jardim boshqarib bormoqda. Jamoa safida Bafetimbi Gomis, Andre Karrilo, Sebastyan Jovinko, Lusiano Vetto va Mussa Marega kabi yulduzlar harakatlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alhilal.com

O'xshash yangiliklar