"Al Faysali" o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi, jamoaning chempionatdagi o'yini esa qoldirildi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2023
"Nasaf" jamoasi OFK Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida Iordaniyaning "Al Faysali" klubini qabul qiladi.

Mazkur bahs oldidan "Al Faysali" mamlakatning boshqa klubi "Al Ramta"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollar Al Mansuriy va Muhammad Al Qulub tomonidan urildi.

Shuningdek, jamoaning chempionat doirasidagi "Al Vihdat"ga qarshi o'yini boshqa muddatga qoldirildi.

Iordaniyaliklarning livanlik darvozaboni Mehdi Xalil esa jarohatidan forig' bo'lib safga qaytdi va u Qarshidagi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" – "Al Faysali" bellashuvi 27 noyabr kuni 19:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia