"Al Ahli" bosh murabbiyi: "Hujum ustida ko'proq ishlashimiz kerak"

Xayrulla Xoliqov
30 yanv 2020
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bosh murabbiyi Kristian Gross OFK saytiga intervyu berdi.

Ma'lumki, "Al Ahli" OCHL pley-off bosqichida Tojikistonning "Istiqlol" klubini 1:0 hisobida mag'lub etib guruh o'yinlariga yo'llanma oldi. 

Natijada sayt xodimlari taniqli murabbiydan intervyu olishdi. 

- "Biz guruhga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Shogirdlarim g'alaba uchun bor kuchni ishga solishdi. "Istiqlol" ancha mustahkam himoyalandi va ularning himoyasini yorib o'tish oson bo'lmadi". 

- "Bu o'yinda bazi xatolar ko'rindi. Eng asosiysi vaziyatlardan foydalana olmaslik. Guruh bahslarida hujum ustida yanada ko'proq ishlashga harakat qilamiz. Eng katta yutug'imiz deb gol o'tkazmaganimizni ayta olaman, chunki oxirgi ikki oydan beri gol o'tkazib kelayotgandik", - deydi shveytsariyalik murabbiy. 

Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" guruh o'yinlarini "Al Vahda" (BAA), "Al Shorta" (Iroq) va "Istiqlol" (Eron)ga qarshi o'tkazadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com