"Al Ahli" "Barselona" futbolchisiga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2023, 22:51
"Barselona" "Al Ahli"dan Frank Kessie borasida rasmiy taklif oldi.

Jurnalist Jerar Romeroning fikricha, saudiya Arabistoni klubi xavbek transferi uchun 20 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Shuningdek, unga yiliga 10 mln evro maosh to'lanadi va 2 yillik shartnoma imzolanadi.

Biroq futbolchiga bu taklif maqul kelmagan va Yevropani Osiyoga almashtirish uchun bu pul kamlik qiladi deb hisoblagan. Ivuarlik futbolchi o'tgan mavsumda LaLiganing 28 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GerardRomero