Akrom Komilov Hamdamovning o'rniga MTJga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2016
O'zbekiston terma jamoasi Filippin va Bahraynga qarshi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov terma jamoa yig'iniga chaqirilgandi. Biroq jarohati bois kecha terma jamoa lagerini tark etdi. 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Dostonbek mart oyidagi o'yinlarda terma jamoamizga yordam bera olmaydi. Samvel Babayan uning o'rniga "Bunyodkor"ning boshqa bir a'zosi Akrom Komilovni chaqirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Filippinga qarshi 24, Bahraynga qarshi 29 mart kuni "Bunyodkor" stadionida o'ynaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia