Akramjon Komilov: “Obod” yaxshi shakllangan va hurmatga loyiq jamoa”

Narzulla Saydullayev
10 sen 2016
“Bunyodkor” – “Obod” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” himoyachisi Akramjon Komilovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.
- “Obod” yaxshi shakllangan va hurmatga loyiq jamoa. Bu raqib bilan o'zaro o'yinlarimiz ko'pinchi og'ir o'tgan. Ular davralar oralig'ida tarkiblarini kuchaytirib olishdi. Mavsumning eng qizg'in pallasi kirib borgani sari bizning mas'uliyatimiz va ehtiyotkorligimiz ortib bormoqda. Maqsad esa bitta – har bir uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarni xushnud etish. Zero, “Bunyodkor” – muxlislar uchun o'ynaydi, - deydi Akramjon Komilov.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia