

- Uchrashuv ikkala jamoa uchun ham og'ir o'tdi. “Neftchi” bizni yaxshi o'rganib chiqqani bilindi. Ular maydonda bo'sh xududlar qoldirishmadi. Lekin shunday bo'lsa-da, 3-4ta golga tortadigan vaziyatlar yaratdik. Afsuski, ulardan samarali foydalana olmadik. “Neftchi” birinchi davradagiga qaraganda ancha o'sgan. Hali oldinda juda ko'p o'yinlar bor. Chempionlik uchun imkoniyatlarimiz hali saqlanib turibdi. Oxirigacha kurashamiz. Yo'l qo'ygan xatolarimizni boshqa takrorlamaslikka harakat qilamiz, - deydi Akramjon Komilov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
"Bunyodkor" matbuot xizmati


