

“Andijon” jamoasi safarda “Nasaf” mehmoni bo'ladi. Yodingizda bo'lsa, ushbu jamoalarning dastlabki to'qnashuvida “ajdarlar” 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bo'lajak bahs oldidan “burgutlar”ning iqtidorli darvozaboni Akmal Tursunboevdan fikrlarini so'radik.
- Ikkinchi davraga jamoamizning tayyorgarligi a'lo darajada o'tdi deya olaman. Hammasi rejadagidek kechdi. Har bir futbolchi o'z ustida jiddiy ishladi. Mashg'ulotlar bilan bir qatorda sinov-nazorat uchrvashuvlariga ham e'tibor qaratildi. Endi diqqat e'tiborimizni ikkinchi davra o'yinlariga qaratamiz.
- To'g'ri, Kubokda “Nasaf”ga dastlabki uchrashuvda imkoniyatni boy bergandik. Lekin bu – futbol! Oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Balki, qarshiliklarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati yaxshiroq ko'rinayotgandir. Ammo biz ham Qarshiga shunchaki kelmadik. Bilasiz tarkibimizda sezilarli ravishda o'zgarishlar yuz berdi. Shu bois ertaga umuman boshqacha o'yin bo'ladi.
- Yangi murabbiy hammaga bir xil munosabatda va ishonchi katta. Bu eng yaxshisi deb o'ylayman. Chunki jamoada hammamiz bir maqsad yo'lida ishlamoqdamiz – deydi Akmal Tursunboev.

"Andijon" matbuot xizmati



