Akmal Rustamov: "Qizilqum"da teng kuchli ikkita tarkib yo'q"

Narzulla Saydullayev
2 noya 2025
Superliganing 27-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"So'g'diyona"ning kuchli tomonlarini bilardik. Shunga qarab tayyorgarlik ko'rgandik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Ular vaziyatlardan unumli foydalanishdi, bizda esa buning aksi bo'ldi. O'yinni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz va keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz", - dedi Akmal Rustamov.

- Bugun Dushan Miyichda charchoq sezilgandek bo'ldi. Bu nima bilan bog'liq?

- Bizda ikkita teng tarkibimiz yo'q. Shu bois jamoada jarohat olgan futbolchilarning o'rnini yoshlar bilan to'ldirishga majburmiz. Miyich barcha o'yinlarni asosiy tarkibda boshlamoqda. Ko'p o'ynagani uchun ko'p kuch yo'qotmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia