Akmal Mozgovoy: "Har bir jamoa bizga qarshi borini berib o'ynaydi"

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2025
"Nasaf" klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy "Navbahor"ga qarshi bahsdan keyin mikst-zonada o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin bo'ldi. Raqibimiz kuchli edi. Bugungi g'alabani "Nasaf" muxlislariga bag'ishlaymiz", - dedi Akmal Mozgovoy.

- "Nasaf" bugun juda qiynaldi...

- "Navbahor" ham jiddiy raqib. Bekorga ular 4-o'ringa chiqib olishmagandi. Har bir bahs biz uchun qiyin o'tadi. Chunki barcha jamoa Qarshiga kelib bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qilishadi va borini berib o'ynaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia