Akmal Mozgovoy: "Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin shokka tushmadik va oxirigacha harakat qildik"

Eldor Akmurzayev
31 okt 2022
O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” a'zosi Akmal Mozgovoy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalambor, g'alaba bilan tabriklayman! O'yin boshida oldinroqda o'ynadingiz, gol urish haqida o'ylaganmidingiz?

- Endi birinchi o'rinda jamoaga yordam berishni o'ylaymiz. Gol urganimga kelsak, jamoaga yordam berganimdan xursandman.

- Oxirgi o'yinlarda Umar Eshmurodov tayanch zonasida harakat qilmoqda. Bu siz va Markoga qiyinchilik tug'dirmayapti, chunki, Eshmurodov uchun bu poziciya biroz notanish.

- Yo'q, aksincha. Umar aka ancha tajribali o'yinchi. Oldinga o'tib ketsak, orqa chiziqda ancha yordam bermoqda.

- “Navbahor” hisobni tenglashtirgan keyin jamoada qandaydir shok holati yuz bergandek bo'ldi. Jamoaning kayfiyati tushib ketdi. Bu sizlarga qanday ta’sir qildi?

- Yo'q, u qadar shokka tushmadik. O'yin hali davom etishini barcha tushunib turgandik. Hali vaqt bor edi va oxirigacha harakat qildik. Natija ham yaxshi bo'ldi. Xudo xohlasa, Superliga chempionligini ham qo'lga kiritamiz.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia