Akinfeev “Real”dan YCHLning 2 ta o'yinida ham gol o'tkazmgan to'rtinchi darvozabon bo'ldi

13 dek 2018, 09:15
SSKA YCHL 6-turida “Real”ni 3:0 ni hisobni mag'lub etdi.

Moskvaliklar shu tariqa “Real”ni YCHLning joriy mavsumida 2 bor mag'lub etdi. “Armiyachilar” sardori Igor Akinfeev esa ikkala o'yinda ham o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu tariqa Akinfeev YCHL doiraisda “Real”dan gol o'tkazmagan (2 o'yin hisobida) tarixdagi to'rtinchi darvozabon bo'ldi.

Bundan oldin Edvin van der Sar (1995/96), Yens Leman va Xose Reyna (2008/09) ham shunday natijani qayd etgandi.


Manba: Bleacher Report