

Bu haqida SSKAning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo ma'lum qildi.
Fayzullaev hamma to'rtinchi sariqni ataylab oldi deb o'ylayotganini tushunib turibdi. Akinfeev uchrashuv yakunidan so'ng Abbosga keskin gaplar gapirdi. Bunday holatlarda nima qilish mumkin. Menimcha Abbos olimpiya terma jamoasida yaxshi harakat qilib, SSKA safiga yaxshi kayfiyatda qaytib kelishi kerak, - dedi Breydo.
Eslatib o'tamiz, Abbos Axmatga qarshi uchrashuvning to'rtinchi daqiqasida sariq oldi va sariqlar soni ko'payib ketgani sababli Spartakka qarshi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Shundan so'ng SSKA Abbosni avvalroq O'zbekiston OTJ safiga qo'yib yuborishga qaror qildi.



