
2:2 hisobida yakunlangan o'yindan so'ng biz uning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bunyodkor" kuchli raqib ekanligini barcha biladi. O'yin qay tarzda qiyin kechganini hamma ko'rdi. Bahsga katta tayyorgarlik ko'rgandik. Mana shunday kuchli jamoa bilan durang natija qayd etganimizdan xursandmiz.
Nasib qilsa, javob o'yinida g'alaba uchun o'ynab keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz", - deydi Akbarjon Xodjaev.