"Ahmoqona taqvimni inobatga olsak, ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda"

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2025
Karlo Anchelotti tig'iz taqvim tufayli dam olish uchun vaqt zarurligini ta'kidladi.

Ayni damda "Real" La Ligada 25 o'yinda 54 ochko to'plab, "Barselona" bilan yetakchilikni bo'lishib turibdi. 

26 fevral kuni Madrid klubi "Real Sosedad"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim finalida maydonga tushadi.

"Ahmoqona taqvimni inobatga olsak, ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda. Biroq boshqa jamoalar ham yaxshi natijalar qayd etayotganini aytib o'tish lozim. 50 kun davomida biz 17 ta o'yin o'tkazdik. Bu shunchaki dahshat. 

Men charchayapman, siz ham charchayapsiz. Buni hamma ko'rib, bilib, sezib turibdi. Bizga dam olish uchun vaqt kerak", – dedi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS