2 iyul kuni Turkiyada davom etayotgan yoshlar o'rtasidagi 2013 yilgi jahon chempionati nimchorak final uchrashuvlari start oldi. Bosqich o'yinlari doirasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi gretsiyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kurashlarga boy bo'lgan bahs 3:1 hisobida Ahmadjon Musaev shogirdlari g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Musobaqadan avval biz, birinchi galda guruhdan chiqishni va eng kamida chorak final bosqichiga qadar yetib borishni maqsad qilgandik. Urugvayga qarshi alamli o'yindan so'ng jamoa o'zini qo'lga oldi va bugungi oson bo'lmagan o'yindan so'ng chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik, - dedi Ahmadjon Musaev.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati chorak finalida Fransiya – Turkiya juftligi g'olibiga qarshi to'p suradi. Ahmadjon Musaevning so'zlariga ko'ra, bu bosqichda hech qanday kuchsiz raqiblar bo'lmaydi.
Jahon chempionatida jahonning eng kuchli terma jamoalari ishtirok etadi. Chorak finalda esa, shubhasiz, musobaqaning eng kuchli sakkiz jamoasi bo'ladi. Bizga kim raqibi bo'lishi ahamiyatsiz. Har qanday holatda ham biz avvalgidek kuchli tayyorgarlik ko'rish va yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilaveramiz, - dedi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
Musobaqa davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Bursa, Antaliya, 2 iyul kuni esa Gaziantep shahrida mehmon bo'ldi. Terma jamoa qaysi shaharda bo'lsa, o'zbekistonlik futbol muxlislari ham o'sha yerda hoziru nozir bo'lib, terma jamoani tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishibdi. O'zbekistonlik muxlislarning o'ziga xos va e'tiborga molik faolligi mahalliy – turkiyalik ishqibozlarni ham ilhomlantirmoqda.
Turklar va o'zbeklar – bu turkiy qardosh millatlardir. Ko'p so'zlarimiz bir-biriga o'xshaydi, hatto turk jurnalistlari beradigan bazi savollarni tarjimonsiz ham tushunaman. Albatta, o'zbekistonlik tomoshabinlar bilan bir qatorda turkiyalik futbol muxlislarining O'zbekistonni bunday faol qo'llab-quvvatlab turishlari bizga kuch bag'ishlaydi. Buning uchun ularga o'z tashakkurlarimni bildiraman, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musaev.