"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero bugun ertalab avtohalokatga yo'liqdi.
Aguero 80 ming funt turadigan "Range Rover" rusumli avtomobilida mazkur baxtsiz hodisaga uchradi. Hujumchiga shikast etmaganini klub tasdiqladi. Joriy mavsum APLda Aguero 8 ta uchrashuvda 8 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.