Aguero Barselonada!

Eldor Akmurzayev
31 may 2021
Bu haqda "Diario Sport" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Man Siti” hujumchisi Serxio Aguero Kataloniyaga uchib keldi va ertaga “Barselona” bazasida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shuningdek, 31 may kuni futbolchi jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzolagani e'lon qilinadi. Agueroni tanishtirish marosimi esa Amerika Kubogi (Kopa Amerika)dan so'ng bo'lib o'tishi aytilmoqda.

32 yoshli o'yinchi seshanba kuni Buenos-Ayres uchib ketadi va Argentina termasi bilan bo'lajak qita birinchiligiga tayyorgarlik ko'radi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport