AGMK va "Al Hilol"ning eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?

Olmaliqning AGMK klubi bugun OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini Ar-Riyodning "Al Hilol" jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Shu munosabat bilan jamoalar tarkibidagi qimmatbaho futbolchilarga to'xtalishga qaror qildik. Olmaliqliklarning transfer bahosi eng yuqori bo'lgan vakili Yovan Jokich hisoblanadi. "Transfermarkt" portali serbiyalik 28 yoshli futbolchini 700 ming evroga baholamoqda. 

"Paxtakor" va "Traktor"ning eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?        

 "Al Hilol"ning eng qimmatbaho vakili esa 29 yoshli Andre Karrilo hisoblanadi - 8,5 mln evro.

Bundan tashqari, arab klubi tarkibida yana bir qancha nomdor legionerlar bor: argentinalik Lusiano Vetto (6,5 mln evro), fransiyalik Bafetimbi Gomis (2,5 mln), italyan Sebastyan Jovinko (3 mln evro) va kolumbiyalik Gustavo Kuelyar (3,8 iln evro).

Fakt: "Al Hilol"ning 1 futbolchisi AGMKning butun tarkibidan qimmatroq


Manba: championat.asia