AGMK Mirjalol Qosimov bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
26 dek 2019
AGMK matbuot kotibi Shahboz Beg'amov jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Qayd etish kerak, Mirjalol Qosimov qo'l ostida jamoa yakunlangan mavsumda O'zbekiston Kubogi hamda Liga Kubogi finaliga qadar yetib bordi.

AGMK O'zbekiston chempionatida esa 26 o'yinda 9 g'alaba, 5 durang va 12 mag'lubiyat qayd etgan holda 8-o'rinni egalladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia