Agent: "Verratti Fransiya chempioni bo'lishdan kattaroq muvaffaqiyatga erishmoqchi"
Aslanov Jasurbek
8 okt 2016, 17:43
PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattining agenti Donato Di Kampli mijozining niyatlari haqida so'zlab berdi.
"Marko Parijda juda baxtli, ammo u Fransiya chempioni bo'lishdan kattaroq muvaffaqiyatga erishmoqchi. Masalan, Chempionlar ligasi yoki Fransiya chempionatidan yuqoriroq bo'lgan liga.
Unga "Yuventus" qiziqayotgani sir emas" - deydi agent.