"Afsona N17. Valeriy Xarlamov" kitobi muallifi "Paxtakor" klubi mehmoni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2017
Taniqli yozuvchi va jurnalist Fyodor Razzakov "Paxtakor" futbol klubi mehmoni bo'ldi.

Sport, sanat va boshqa sohalarda ko'plab kitoblar muallifi Fyodor Ibatovich klub rahbariyati bilan uchrashuvda "Paxtakor" tarixi bilan yaqindan tanishish istagida ekani va kelajakda klubning buyuk tarixi, murabbiylari, futbolchilari, klub faoliyati va undagi islohotlar haqida kitob yozish niyatidaligini ta'kidladi.

Fyodor Razzakov 1962 yil 7 fevralda Moskvada tavallud topgan. Ilk kitobini 1994 yil avgust oyida yozib tamomlagan. O'shanda u "Vladimir Visockiyning hayoti va o'limi" kitobini ommaga taqdim etgandi. Shundan so'ng u sport, sanat va boshqa turli sohalarga oid ko'plab kitoblarni yozib, keng o'quvchilar ommasiga mashhur bo'lib ulgurgan.

Uning sportga doir quyidagi kitoblari mavjud:
"Rossiya xokkeyi: fojiadan mojarogacha" (2012), "Rossiya futboli: fojiadan mojarogacha" (2012), "Afsona N17. Valeriy Xarlamov" (2013), "Anatoliy Tarasov. Temir murabbiylar janglari" (2014), "Biz yo'qotgan futbol. SSSRning sotilmas yulduzlari davri" (2017).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz