Afrika Millatlar Kubogi. Osimxendan dubl, Lukmandan "gol+pas": Nigeriya Mozambikni tor-mor etdi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2026
Afrika Millatlar Kubogining 1/8 final bosqichida Nigeriya hamda Mozambik terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Marokashning "Fez" stadionida kechgan bahsda Nigeriya terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishdi.

Uchrashuv taqdiri amalda birinchi bo'limning o'zidayoq hal bo'ldi. 20-daqiqada Ademola Lukman hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Viktor Osimxen farqni oshirdi. Ikkinchi bo'lim boshida Osimxen dublini nishonladi, o'yin yakunida esa Akor Adams yakuniy nuqtani qo'ydi - 4:0.


Afrika Millatlar Kubogi-2025. 1/8 final

NIGERIYA - MOZAMBIK 4:0

Gollar: A. Lukman (20), V. Osimxen (25, 47), A. Adams (75).


Nigeriya: Nvabali, Osayi-Samuel, Ajayi, Bessi, Onemaechi, Oneka, Ndidi, Ivobi, Lukman, Osimxen, Adams.

Mozambik: Silvane, Kabral, Mekser, Mandava, Langa, Gimaraesh, Amade, Katamo, Pelembe, Kembo, Bangal.



Endi Nigeriya chorak finalda Jazoir - DR Kongo juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar