O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin to'p tepadigan "Orenburg" qishki yig'inni o'tkazish uchun 11 yanvar kuni Turkiyaning Belek shahriga yetib bordi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, birinchi mavsumoldi yig'in 22 yanvargacha davom etadi.
"Orenburg" yig'in davomida 19 yanvar kuni Qozog'istonning "Qayrat" va 21 yanvarda Ozarbayjonning "Inter" klublari bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi.