"Adana Demispor" Balotellini sotishga shay

Sherzod Nurmatov
23 avg 2022
Klubdagilar ehtimoliy transfer summasini ma'lum qildi.

Turkiyaning "Adana Demispor" jamoasi hujumcht Mario Balotellini sotishga tayyor. Buni klub prezidenti Murat Sanjak ma'lum qildi.

"U ketgan taqdirda ham, bu hayot yakunlanini anglatmaydi. Balotelli ketsa, o'rniga boshqasi keladi. Biz u ketishini o'ylab, Dzyubani xarid qildik. Takliflar uchun ochiqmiz. Uni 4 million evro to'laydigan klub qo'lga kiritadi. Hech qanday chegirma yo'q, men savdolashmayman", – dedi funkcioner.

Avvalroq Balotelli "Monca"ga qaytishi mumkinligi aytilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fanatik