Abu Diabi Smitga: "Faoliyatimni ostin-ustun qilganing uchun rahmat"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2019, 13:32
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Abu Diabi faoliyatini yakunlagani haqida gapirayotib 2006 yilda unga jarohat etkazgan Den Smitga nima deyishi haqidagi savolga javob berdi.

"Faoliyatimni ostin-ustun qilganing uchun rahmat. Havotir olma, bu hazil. O'sha jarohatdan keyin ko'rishganimiz yo'q, unga g'arazligim yo'q.

U kechirim so'ragan ekan, ammo men buni eshitmaganman. Futbolda bunaqasi bo'lib turadi, hammasini tushunish kerak. Bu mening hayotim, mening hikoyam" - deydi Diabi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC