Abraxam 10 oydan so'ng yana "Roma" asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
22 apr 2024
Jiddiy jarohat tufayli lazaretda bo'lgan Temmi Abraxam "Roma"ga yordam berishga tayyor.

Xochsimon bog'lam jarohatidan forig' bo'lgan Temmi Abraxam joriy mavsum birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. 

Bugun tunda rimliklar A Seriya 33-turi doirasida "Bolonya"ga qarshi o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydi. Takidlash lozim, bunga forvard Romelu Lukakuning jarohat olgani ham zamin yaratdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Italia