Abramov Pro ligada yurishni boshlamoqda. "Dinamo" Muborakdan tarixiy natija bilan qaytadimi?

Iskandarov Abdulaziz
16 mar 2023
Xabaringiz bor, kechadan yurtimizda Pro liga bahslariga start berildi. Bugun navbatdagi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Birinchi turda Samarqandning "Dinamo" jamoasi Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ladi. E'tiborlisi, jamoalar Pro liga doirasida o'z tarixlarida ilk bor uchrashishmoqda. Vadim Abramov uchun bu yangi chaqiruv bo'lishi shubhasiz. Faoliyatining katta qismini Superliga va milliy terma jamoalarda o'tkazgan mutaxassis uzoq vaqtdan so'ng ilk bor quyi ligada yurishni boshlaydi. 



"Dinamo" bugun "Mashal"ni mag'lubiyatga uchratish orqali, tarixiy natija bilan ortga qaytishi mumkin. Samarqandliklar shu kungacha Muborakda "gazchilar" bilan Kubok bahslaridan tashqari, chempionat doirasida 16 bor kuch sinashishgan. 13ta bahsda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2ta o'yinda "Dinamo" g'olib chiqqan, 1ta bahsda durang qayd etilgan. Qiziqarli jihati shuki, "arslonlar" 2ta g'alabasini ham XX asrda qo'lga kiritgan (1995,1996 mavsum). Jamoa "Mashal" maydonidan so'nggi bor 2008 yilgi mavsumda ochko ishlashni uddasidan chiqqan (1:1). 

So'nggi o'yin. 

Oliy Liga, 30-tur

25 noyabr, shanba

14:00 - “Mashal” (Muborak) – “Dinamo” (Samarqand) 1:0  

Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), O.Jumaev (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), I.Ibragimov (Nukus)

Nazoratchi: I.Sharipov (Buxoro)

O'zPFL vakili: V.Shtern

Gollar: Zafar To'raev 31, - 1:0. 

"Mashal": 35. Javohir Ilyosov, 2. Iskandar Shaykulov, 5. Shoxjaxon Qilichov, 10.Xumoyun Murtazoev, 18.Abbos Shodmonov, 19.Zohir Qo'ziboev, 22.Bobur Qosimov (44.Asil Begimqulov, 74), 27.Nikita Pavlenko, 55.Avaz Agaliev, 77.Abdulloh Olimov, 90.Zafar To'raev (9.Jamoliddin Ubaydullaev, 70)

Zaxira: 30.Botir Nosirov, 11.Muramatsu Tomoki, 23.Kenja To'raev, 37.Sirojiddin Meliev, 57.Jonibek Mirzaqulov

"Dinamo": 1. Mixail Naumov, 2. Mirkomil Lokaev, 4. Xakimxon Almaxanov, 6. Akmal Bozorov (41. Jasur Qurbonov, 81), 8. Jasur Azimov, 15. Shoxruxbek Xolmatov, 19. Orifjon Mamajonov (9. Sardor Sulaymonov, 64), 20. Amirjon Safarov, 21.Iskandar Xolmirzaev, 50. Farhod Tojiev (11. Abdumalik Abdullaev, 64), 90. Doniyor Ismoilov

Zaxira: 16. Rustam Toshturdiev, 24. Temur Fayzullaev, 26. Saidjamol Davlatjonov, 70. Muhammad Isaev




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia