Abrahamning agenti "Roma"dan 800 ming evro oladi

Оқил Абдубарноев
30 mar 2022
"Roma" hujumchisi Temmi Abrahamning agenti angliyalik futbolchining Londonning "Chelsi" klubidan Italiya klubiga o'tishi uchun komissiya haqini hali to'liq olmagan.

Manbaning xabariga ko'ra, yaqin 4 yil ichida futbolchining agenti 800 ming evro olishi lozim.

Eslatib o'tamiz, yozda Abraham transferining umumiy summasi 40 million evroni tashkil qilgandi. Hujumchi joriy mavsumda kiritilgan gollar soni bo'yicha "Roma"ning rekordchisiga aylandi.

Ayni damda Abrahamning hisobida Italiya chempionatida 15 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia