Abelardo: "Messini to'xtatishni uddaladik"

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020
"Espanol" bosh murabbiyi Abelardo LaLiga doirasida "Barselona"ga qarshi o'yinda qayd etilgan durang haqida fikr bildirdi.

"Qo'lga kiritilgan 1 ochko - biz uchun ijobiy burilish. Bu g'urur uchun kurash edi. Yigitlar qattiq harakat qilishdi va natija adolatli bo'ldi.

"Barselona" - yuqori klassga ega bo'lgan jamoa. Biz esa o'z o'rnimizga qaragan holda o'yinimizni saqlab qola oldik.

Messini to'xtatishni uddaladik. Bundan juda xursandman. Ushbu haftada yigitlar ruhiy tomonlama o'zlari uchun katta quvvat olishdi. Bu har tomonlama bizga ijobiy holat bo'ldi". - dedi Abelardo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana