Abduvohid Ne'matov: "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim"

Абдулвосит Бектемиров
9 noya 2024
Superliga 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" darvozaboni Abduvohid Ne'matov saytimizga kichik intervyu berdi.

- Chempionlik bilan tabriklaymiz. Chempionlik tami qanday ekan?

- Rahmat. Biz yil boshidanoq o'z oldimizga chempionlik maqsadini qo'ygandik. Yaratganga shukr, bugun ushbu natijaga erisha oldik. "Nasaf" va qashqadaryoliklarni chempionlik bilan tabriklayman.

- Siz uchun eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?

- Aniq bir o'yinni aytib o'ta olmayman. Har bir uchrashuv o'ziga yarasha qiyin bo'ldi. Har bir bahsning mevasi - shirin chempionlik bo'ldi.

- Siz uchun Superligadagi eng yaxshi o'yinchi kim bo'ldi?

- Bunday nomzodlar ko'p-ku. Masalan, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov va boshqalar.

- Keyingi yil muxlislarni xursand qiladigan gap aytasizmi? Legionerga aylanishingiz barcha o'zbek futbolining ishqibozlarini xursand qilishi aniq.

- Keling, oldindan bir narsa demaylik. Biroz vaqt o'tsin. Xudoga shukr "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim.


"Nasaf" chempionligini qanday nishonladi?


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia