Abduvohid Ne'matov: "Musobaqani ajoyib tarzda boshlab oldik"

Абдулвосит Бектемиров
17 apr 2024
Malayziya olimpiya terma jamoasiga (2:0) qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng darvozabonimiz Abduvohid Ne'matov bugungi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi

"Musobaqani ajoyib tarzda boshlab oldik. G'alabali seriyani davom ettirishga harakat qilamiz. Oltin medallarni qo'lga kiritish bizning asosiy maqsadimiz. Qatar katta musobaqalar o'tkazish uchun ajoyib mamlakat. Infratuzilma va sharoit bo'yicha hammasi yuqori darajada. Ushbu musobaqada yangi tarix yaratishni maqsad qilganmiz. Tarkibimiz ham ancha kuchli, har bir poziciyada raqobat bor. Darvozabonlar o'rtasida ham raqobat kuchli, biroq katta raqobat bo'lishiga qaramay barchamiz do'stmiz. Terma jamoadagi ichki muhit ajoyib. Biz bir oilamiz va bizning maqsadimiz bir" - deya fikr bildirdi olimpiya terma jamoamiz darvozaboni Abduvohid Ne'matov




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia