Abdurashid Ismoilov: "Xotira-79" bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi"

Narzulla Saydullayev
29 apr 2016
O'zbekiston birinchiligi 6-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Xotira-79” bahsidan so'ng “UzDongJu”jamoasi bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilov fikrlari bilan qiziqdik:

"Bugungi bahs kutganimizdek juda qiyin kechdi. “Xotira-79” jamoasi bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi. O'tgan o'yinda bo'lgani singari 1-bo'limda bir qancha vaziyatlardan foydalana olmadik , 2- bo'limda mehmonlar hisobni tenglashtirgandan so'ng ham bir qancha vaziyatlardan foydalana olishmadi. Bahs so'ngida tajribali hujumchimiz Islom Karimov g'alaba to'pini kiritib muhim 3 ochkoni keltirdi.

Asosiy tarkibda harakat qilayotgan Akmal Jo'raboev, Islom Karimov va tarkibdagi bazi bir shogirdlarimning  jismoniy tayyorgaligi yaxshi emas sababi ular yaqinda jarohatdan qutilib safga qaytishdi. O'ylaymanki ular sekin asta o'z o'yinlarini topib olishadi.

Keyingi turda safarda mas'uliyatli o'yinlar turibdi. “Lokomotiv BFK”va “Oq-tepa”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Asosan jismoniy tayyorgarlik ustida ishlaymiz va safardan ijobiy natijalar bilan qaytamiz –deb so'zini yakunladi Abdurashid Ismoilov.

"UzDongJu" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia