Abdurashid Ismoilov: "Lokomotiv" ayni paytda O'zbekistonning eng yetakchi klubi"

Narzulla Saydullayev
25 mar 2016, 22:10
"UzDongJu" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zbekistonning hozirgi paytdagi eng yetakchi klubiga qarshi o'ynadik. "Sho'rtan"ni mag'lub etgach "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushishimizni bilardik. Bahs oson bo'lmasligini sezgandim. Yigitlarimiz qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Oliy liga jamoasiga qarshi o'ynadik. Bu birinchi liga bahslariga tayyorgarlikda katta yordam berdi deb o'ylayman.

Sun'iy maydonda o'ynaganimiz uchun asosan to'pni ushlab turishga harakat qilardik. Yigitlar tabiiy maydonda buni uddalay olishmadi. Menimcha "Lokomotiv"ga ham bu maydon pand berdi.

Birinchi ligani "Mashal-2" va "Nasaf-2"ga qarshi o'yinlar bilan boshlaymiz. Bu bahslar tayyorgarligimizni qanday bo'lganini ko'rsatib beradi", - deydi Abdurashid Ismoilov.

Islombek Rustambekov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia