Abduqodir Husanov Fransiya chempionati hafta jamoasidan o'rin oldi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2024
WhoScored portali O'zbekiston terma jamoasi hamda "Lans" klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovni 6-tur ramziy jamoasiga kiritdi.

O'zbekiston terma jamoasi mudofaa vakili 7.90 ballga loyiq ko'rilgan. 



Ma'lumot o'rnida, 20 yoshli Husanov harakat qiladigan "Lans" "Nicca"ga qarshi (0:0) durang o'ynadi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, u SofaScore talqinida ham eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: WhoScored