Abduqaxxor Xojiakbarov: “Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor”

Narzulla Saydullayev
25 fev 2017, 15:38
Mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada o'tkazgan “Olmaliq” Toshkentga bir necha kun oldin qaytib keldi va navbatdagi yig'inni boshlab yubordi.


“Konchilar” fevral oyining so'nggida “Paxtakor” klubi bilan tayyorgarlikdagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazadi va shu bilan chempionat bahslariga kirishadi. “Olmaliq” jamoasining tayyorgarligi va o'rtoqlik o'yinlari haqida klub futbolchisi Abduqaxxor Xojiakbarov fikr bildirdi.

“Mavsumga tayyorgarlikni asosan xorij mamlakatlarida o'tkazdik. U yerda Ukraina, Gruziya mamlakatlari jamoalariga qarshi 5-6 ta nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Ushbu jamoalarga qarshi nazorat o'yinlarida o'z kuchimizni sinab ko'rdik. Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor. Shunga yarasha, yangi murabbiyimiz qo'l ostida mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Yaqin kunlarda “Metallurg” bilan so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazamiz”, - deydi Abduqaxxor Xojiakbarov.

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia