Abdumalik Hakimov: "Namanganda g'alabaga teng durangga erishdik"

Narzulla Saydullayev
30 apr 2018
"Navbahor" hamda "Neftchi" (1:1) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Neftchi" katta murabbiyi Abdumalik Hakimov va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Xurshid Asqaralievlar ishtirok etishdi

Abdumalik Hakimov: Birinchi o'rinda, Farg'onadan Namangandagi o'yinga kelgan va bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat aytib qolaman. Jarohatlar bilan o'yinga yetib keldik. Agar hozir xar birini sanab o'tsam, yarim jamoani sanashga to'g'ri keladi. Shu sabab o'yinda to'xtalishlar ko'p kuzatildi. Jamoamizga rahmat aytib qolaman. Bugun ular matonat bilan kurashishdi. "Navbahor" uyda ham safarda chiroyli  va mazmunli o'yin kursatadi. Kuchli raqib deb hisoblayman. O'yin bo'yicha, rejamiz birinchi gol o'tkazib yubormaslik va qarshi hujumdan foydalanish edi. Yigitlar hamma ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Yosh hujumchimiz Xurshidbek Asqaralievga ishonch bildirib maydonga tushirgandik. Ishonchni esa oqladi. G'alaba sari biroz e'tibor etishmadi deb o'ylayman. Ha, goldan keyin biroz e'tiborsizlikka berildik. G'alabaga teng durang deyish mumkin.


Xurshid Asqaraliev: Menga bugun Vodiyning eng katta derbisida ishtirok etish nasib qildi. Bu esa debyut uchrashuvimga to'g'ri keladi. Durang o'ynagan bo'lsakda, ochko qo'lga kiritildi. Chunki hozir bizga ochkolar juda zarur. Chiroyli o'yin bo'ldi. Gol urganimdan va "Neftchi"ga foyda keltirganimdan xursandman. Butun jamoa qattiq mehnat qildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати