Abdulloh Olimovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
27 okt 2015
Bugun, 27 oktyabr “Andijon” jamoasi yarim himoyachisi Abdulloh Olimovning hayotida unutilmas kun.

Iqtidorli futbolchi bo'ydoqlar safidan o'chirilib, yangi hayotga qadam qo'ymoqda.

“Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Olimov ikkinchi davrada “Andijon” tarkibiga qo'shildi. “Burgutlar” safida yarim himoyachi ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Bugungi to'y shodiyona munosabati bilan Abdulloh Olimovni jamoamiz nomidan tabriklaymiz! Kuyovbolaga sihat salomatlik hamda hamisha omad yor bo'lishini tilaymiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz