Abbosbek Fayzullaev: "Husanov meni "Siti"ga taklif qilmadi"

Narzulla Saydullayev
2 may 2025
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Abbosbek Fayzullaev Abduqodir Husanovni "Manchester Siti"da qo'llab-quvvatlayotganini aytib o'tdi.

Husanov qishki transfer oynasida Fransiyaning "Lans" klubidan Angliya klubiga o'tdi. "Shaharliklar" tarkibida 21 yoshli himoyachi 9 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.

– Husanovni kuzatyapsizmi?

– Ha, kuzataman, gaplashib turamiz. Deyarli har kuni aloqadamiz. Unga hammasi yaxshi bo'lishini tilayman. Uni butun O'zbekiston bilan birga qo'llab-quvvatlayapmiz.

– U sizni "Manchester Siti"ga taklif qilmadimi?

– Yo'q, – dedi SSKA yarim himoyachisi kulib.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: matchtv.ru