Abbosbek Fayzullaev: "SSKA asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashishga tayyorman"

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023
SSKA yangi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev "RB Sport" nashriga intervyu berdi.

- SSKAga o'tgandan keyin qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirdingiz?

- SSKA safiga qo'shilganimdan juda xursandman. Men jamoaga yordam bermoqchiman.

- Ushbu qadamni qo'yishga qaror qilganingizda nima haqida o'yladingiz?

- Ko'pchilik bilan maslahatlashdim. Shomurodov, qarindoshlarim bilan fikr almashdim.

- Shomurodov sizga yordam berdi, shundaymi? U Rossiya haqida nimalar dedi?

- Yaxshi narsalar haqida aytdi. Menga maslahat berdi.

- SSKAdagi raqobatga tayyormisiz?

- Ha, tayyorman. Asosiy tarkibdan o'rin olish uchun kurashaman.

19 yoshli Fayzullaev ushbu yozda "Paxtakor"dan SSKAga o'tdi va klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan bitim tuzdi.

"Klub Fayzullaevga bugun qiziqib qolgani yo'q, skautlarimiz Toshkentga borib o'yinlarini tomosha qilgan" - SSKA murabbiyi Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: РБ Спорт