Abbos Fayzullaev uning Olimpiadaga borishiga rozilik bergan Marko Nikolichdan minnatdor

Sherzod Nurmatov
5 iyul 2024
Abbos Fayzulllaev SSKAning serbiyalik ustozi Marko Nikolichga rahmat aytdi.

"Biz kelishib oldik, 11-kuni men Olimpiadaga milliy terma jamoa ixtiyoriga uchib ketaman. U erda bizning maksimal maqsadimiz – vatanimizga medallar bilan qaytish. 

Marko bilan ketish haqida uzoq suhbatlar bo'lmadi. U bu hayotda bir marta sodir bo'lishi mumkinligini tushunadi. Bundan qarorga kelgani uchun unga rahmat", – dedi Fayzullaev.

Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi a'zosi "Vilyarreal"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirgandi.

Eslatib o'tamiz, 3 iyul kuni Timur Kapadze qo'l ostidagi olimpiyachilarning Olimpiada uchun tarkibi e'lon qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.com