Abbos Fayzullaev - SSKAning noyabr-dekabr oylaridagi "Eng yaxshi futbolchisi"

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023
Yil yakunida Moskvaning SSKA klubi eng yaxshi futbolchilarini aniqlab olishdi.

Bosh homiy "APOTHEKA" kompaniyasi bilan birgalikda klub noyabr-dekabr oylaridagi jamoaning eng yaxshi futbolchilari uchligidan kimlar o'rin olganini e'lon qildi.

Quvonarlisi, muxlislar so'rovnomasiga ko'ra, birinchi o'rinni o'zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullaev egalladi. Ikkinchi o'rin hujumchi Fedor Chalovga, uchinchi pog'ona esa Villian Roshaga nasib qildi.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev oktyabr oyida ham ushbu sovringa ega chiqqan edi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia