Abbos Fayzullaev SSKA mashg'ulotiga 30 kg osh olib bordi

Mirjalol Normatov
13 okt 2023
SSKA futbolchisi Ivan Oblyakov jamoadoshi Abbosbek Fayzullaev jamoa mashg'ulotiga 30 kg osh olib kelganini aytdi.

"Yaqinda qiziqarli holat bo'ldi. Mashg'ulot qilayotganimizda u qayerdandir osh buyurtma qildi. Katta qozonda osh olib kelishdi. Tushligimiz juda mazali bo'ldi", - dedi Oblyakov.

20 yoshli Fayzullaev 2023 yil yozida "Paxtakor"dan SSKAga o'tgandi. U ushbu mavsumda 15 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport-express.ru